» » Toyota fonar-tomga ega sirli giperkarni patentladi

Toyota fonar-tomga ega sirli giperkarni patentladi


Yaponiyaning Toyota kompaniyasi AQShda tom qismi xuddi samolyot fonari — uchuvchining shaffof kabina qismi kabi ochiladigan sirli avtomobilni patentladi. Dizaynga ko‘ra, patent suratida GR Super Sport giperkarining konseptual versiyasi tasvirlangan, deb xabar beradi Motor.

Patent 20-avgust kuni AQSh patentlar va tovar belgilari (USPTO) bazasida e’lon qilingan. Patent ikki qismga bo‘lingan. Birinchi qismida tomning yuqoriga ko‘tarilishini ta’minlashda avtomobilning o‘ng va chap tomonlaridagi qulflarning ishlashi izohlangan. Ikkinchisida esa GR Super Sport deya taxmin qilinayotgan modelning yon tomonlari, avtomobilga o‘tirish va tushishga oid tasvirlar.

Toyota kompaniyasi seriyali GR Super Sport ustida ish olib borayotgani to‘g‘risida 2018-yilda ma’lum bo‘lgandi. O‘sha yili Tokiodagi avtosalonda Toyota’ning sport bo‘linmasi — Gazoo Racing tomonidan yaratilgan konsept taqdim etilgan edi. Modelga 1000 ot kuchiga ega 2,4 litrli gibrid “turbooltilik” o‘rnatilgan.

Mavzuga doir: Toyota Hyundai Creta’dan arzonroq turuvchi ixcham krossoverini taqdim etdi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 38) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют