» » Monopoliyaga qarshi qomita bepul stoyanka ornida qurilayotgan Tashkent Central Park loyihasiga imtiyoz berilishini maqsadga muvofiq emas deb topdi

Monopoliyaga qarshi qomita bepul stoyanka ornida qurilayotgan Tashkent Central Park loyihasiga imtiyoz berilishini maqsadga muvofiq emas deb topdi


Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasi Tashkent Central Park loyihasiga imtiyoz va preferensiyalarni maqsadga muvofiq emas deb topdi. Bu haqda qomita matbuot xizmati xabar berdi.

Tashkent Central Park majmuasi poytaxtning Shahrisabz va Istiqlol kochalari va Amir Temur shoh kochasi kesishmasida, sobiq yirik bepul avtoturargoh hududida qurilmoqda. Umumiy maydoni 2,5 gektar bolgan maydon uchta 15 qavatli bino: mehmonxona, ikki qavatli yerosti avtoturargohga ega ikkita biznes markaz, shuningdek, sayr maydonidan iborat.

Qiymati 400 million dollarga baholangan loyiha Turkiyaning Ta?kent Merkez Park Gayrimenkul Yatirim Anonim ?irketi va Ozbekistonning UzTur Investment and Development kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Normativ-xuquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali Prezidentning Tashkent Central Park kop tarmoqli majmuasi qurilishi boyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qaror loyihasi qomitaga taqdim etilgan.

Qaror loyihasi bilan Ta?kent Merkez Park Gayrimenkul Yatirim Anonim ?irketi kompaniyasi Turkiya Respublikasi va UzTur Investment and Development MChJ ortasida 27-may kuni Tashkent Central Park loyihasini amalga oshirish boyicha investitsiya shartnomasi imzolanganligi korsatilgan.

Unda 2024-yil 1-yanvargacha investorlar, pudrat va subpudrat tashkilotlarini yagona ijtimoiy tolovdan tashqari barcha turdagi soliqlar va yigimlardan, xorijiy mutaxassislarining ish haqi fondi boyicha yagona ijtimoiy tolovdan, vaqtincha olib kirish bojxona rejimida olib kiriladigan va rasmiylashtiriladigan qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, vaqtinchalik bino va inshootlar, transport vositalari davriy bojxona tolovlaridan, qoshilgan qiymat soligidan Ozbekiston norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (korsatiladigan xizmatlar) boyicha jismoniy shaxslardan olinadigan foyda soligidan ozod etish taklif etilgan.

Hujjatda, shuningdek, 2022-yil 1-yanvarga qadar texnologik hujjatlar, materiallar, xomashyo, uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, shuningdek, metall prokatini olib kirishda bojxona tolovlarini tolashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigimlardan tashqari), 2022-yil 1-yanvardan 2024-yilga qadar esa ornatilgan tartibda tasdiqlanadigan royxatlar asosida yuqorida qayd etilgan tovarlar olib kirilganda bojxona tolovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigimlar va qoshilgan qiymat soligidan tashqari) ozod qilish kozda tutilgan.

Bundan tashqari, investorlar, pudratchilar va subpudratchilarga investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida olib kiriladigan tovarlarni ozining saqlash uchun omborxonalariga joylashtirishga ruxsat berish taklif etilgan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasining qayd etilishicha, Raqobat togrisidagi qonunining 12-moddasiga muvofiq davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ayrim xojalik yurituvchi subyektlarga ularni tovar yoki moliya bozorida faoliyat korsatayotgan boshqa xojalik yurituvchi subyektlarga nisbatan afzal holatga qoyadigan imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni asossiz ravishda berishi taqiqlanishi korsatilgan.

Bundan tashqari, Prezidentning 2017-yil 8-sentabrdagi farmonida xususiy sektor samarali faoliyat korsatayotgan sohalarda davlat ishtirokidagi tijorat tashkilotlarini tuzishga cheklov choralarini belgilash va amaldagi korxonalarni qayta tashkil etish, shuningdek, soglom raqobat muhitining rivojlanishini cheklayotgan alohida xojalik yurituvchi subyektlarga eksklyuziv huquqlar, individual imtiyozlar hamda preferensiyalar berish amaliyotidan voz kechish korsatilgan.

Prezidentning 31-maydagi Imtiyozlar va preferensiyalar berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga asosan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar qonunlar va Prezident hujjatlari bilan umuman tarmoqlar, faoliyat sohalari, hududlar uchun berilishi, vaqtinchalik imtiyozlar Prezident hujjatlari bilan 3 yildan ortiq bolmagan muddatga berilishi, individual imtiyozlar, alohida hollarda, xususiy sektor investitsiya kiritishdan manfaatdor bolmagan tarmoqlarda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun, aniq ijtimoiy yoki iqtisodiy asoslar mavjud bolganda yoxud Ozbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq, Prezident hujjatlari bilan berilishi korsatilgan.

Loyiha yuqoridagi qonunchilik hujjatlariga zid ekanligini inobatga olib Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasi, uning qabul qilinishi maqsadga muvofiq emas deb hisoblamoqda.

Tashkent Central Park qurilishi haqida 2018-yilning dekabr oyida malum bolgandi. Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, 2019?2020-yillarga moljallangan loyihada besh yulduzli mehmonxona, savdo-kongilochar markaz, tijorat banki uchun mamuriy binolar va boshqa inshootlar qurish kozda tutilgan.

Investorlar vapudrat tashkilotlari 2022-yil 1-yanvarga qadar yagona ijtimoiy tolovdan tashqari barcha turdagi soliqlar vadavlat maqsadli jamgarmalariga majburiy tolovlarni tolashdan ozod etib bolingan.



Manba: Daryo.uz
: admin (25-08-2020, 13:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -