» » Ford Aerostar miniveni maxluqsimon tankka aylantirildi (foto)

Ford Aerostar miniveni maxluqsimon tankka aylantirildi (foto)


Amerikaning Racing Junk onlayn maydonchasida gusenitsali yo‘ltanlamasga aylantirilgan Ford Aerostar sotuvga qo‘yildi. Avtomobilga Chevrolet V8’ning 9,4 litrli ikkita “big-blok” o‘rnatilgan, deb xabar beradi Motor.

Avtomobilning yurishini ta’minlaydigan qismini gusenitsali lentaga almashtirish uchun kuzovning pastki qismidan eshik tutqichlariga qadar bo‘lgan joyni kesishga to‘g‘ri kelgan. Eshiklarni ochish imkonsiz bo‘lgani sabab kuzovga kirishning original usuli o‘ylab topilgan: kuzov orqa qismi xuddi kapot kabi ochiladi.

Mashina ichiga poyga avtomobillarning xavfsizlik kamariga ega o‘rindiqlar, har bir V8 uchun alohida datchiklar va rul o‘rniga richag o‘rnatilgan. Pol qismi alyuminiy listlar bilan ishlangan, motor yonidan esa o‘t o‘chirish moslamasi o‘rin olgan. Ikkita 9,4 litrli dvigatel birgalikda 1400 ot kuchini taqdim etishga qodir.

Kuzovi yuqoriga ochiladigan maxluqsimon tank uchun Janubiy Karolinada 105 ming dollar so‘rashmoqda.

Mavzuga doir:Corvette motoriga ega “maxluqsimon” Jeep Gladiator taqdim etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют