» » Yunusobodda sobiq IIBB xodimi mashinada urib ketgan 2 yoshli bola shifoxonada vafot etdi

Yunusobodda sobiq IIBB xodimi mashinada urib ketgan 2 yoshli bola shifoxonada vafot etdi


Yunusobod tumanida sobiq IIBB xodimi mast holatda mashina boshqarib, onasi bilan yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki yoshli bolani urib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Gazeta.uz”ning poytaxt IIBB axborot xizmatiga tayanib ma’lum qilishicha, bolakay 24-avgust kechasi olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 24-avgust kuni, taxminan, soat 01:10 da Yunusobod tumani Yunusota ko‘chasida Cobalt avtomobili haydovchisi 31 yoshli T.A. piyodalarning tartibga solinmagan o‘tish joyidan onasi bilan o‘tayotgan yosh bolani urib yuborgan. YTH oqibatida ikki yoshli T.Ch. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

YTH sodir etgan haydovchi Toshkent shahar IIBB sobiq xodimi bo‘lib, shahodatlash komissiyasidan o‘tmagach, rahbariyatning buyrug‘i asosida 2020-yilning 20-avgust kuni ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.

Bolakayning o‘limidan so‘ng jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 266-modda 2-qismiga (yo‘l harakati xavfsizligi yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish, inson o‘limiga olib kelishi) o‘zgartirilgan.

Shu kunning o‘zida ayblanuvchi qo‘lga olingan. Unga nisbatan ehtiyot chorasini tayinlash bo‘yicha sud majlisi 25-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют