Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi
Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
2019-yil 14-noyabrdagi PF-5875-sonli Prezident farmoniga binoan, 29-avgust — shanba dam olish kuni 31-avgust — dushanba ish kuniga ko‘chiriladi.
Qayd etilishicha, 29-avgust — shanba kuni haftasiga necha kun ishlashidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi. 31-avgust — dushanba kuni esa haftasiga necha kun ishlashidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun dam olish kuni bo‘ladi.
Shunday qilib, Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar quyidagi 3 kunda ketma-ket dam olishadi:
Eslatib o‘tamiz, Navro‘z bayrami arafasida o‘zbekistonliklar 3 kun ketma-ket: 21-mart – shanba (Navro‘z bayrami), 22-mart – yakshanba (dam olish kuni) hamda 23-mart – dushanba (qo‘shimcha dam olish kuni) dam olgandi.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
