» » Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi ekspress test tahlili va u kimlarda o‘tkazilishi haqida ma’lumot berdi

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi ekspress test tahlili va u kimlarda o‘tkazilishi haqida ma’lumot berdi


25-avgust, seshanba kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, epidemiolog Rustam Ikromov ekspress test tahlili va u kimlarda o‘tkazilishi haqida ma’lumot berdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, immunoglobulin M va G sinfiga kiruvchi antitanalar tezkor testlar, ya’ni, sezgirligi 85 foizdan, spetsifikligi esa 95 foizdan kam bo‘lmagan ochiq va yopiq tipdagi immunoferment tahlili to‘plamlari bilan aniqlanadi.

Bunda: M sinfiga kiruvchi antitanalar yoki COVID-19’ga qarshi yig‘indi antitanalar ijobiy bo‘lgan barcha bemorlar to‘g‘risida shoshilinch xabar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga beriladi va ular qo‘shimcha ravishda COVID-19’ga PSR tahlilida tekshiriladi.

PSR tahlilining javobi ma’lum bo‘lguncha tekshirilgan shaxslar uy karantinida bo‘lishadi.

PSR tahlili manfiy, lekin G sinfiga kiruvchi antitanalar yoki COVID-19’ga qarshi yig‘indi antitanalar tekshirish natijasi ijobiy bo‘lgan shaxslarda immunitet paydo bo‘lgan va COVID-19’dan himoyalangan deb hisoblanadi.

PSR tahlili javobi ijobiy bo‘lganda tekshiriluvchi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan deb hisoblanadi va kasallik kechishi darajasiga qarab davolanishga yuboriladi.

Rustam Ikromov, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, epidemiolog

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют