» » Ekofaol Greta Tunberg bir yillik tanaffusdan so‘ng maktabga qaytayotganini ma’lum qildi

Ekofaol Greta Tunberg bir yillik tanaffusdan so‘ng maktabga qaytayotganini ma’lum qildi


Shvetsiyadan bo‘lgan 17 yoshli ekofaol Greta Tunberg bir yillik tanaffusdan so‘ng maktabga qaytishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Meduza.

“Akademik ta’tilim tugadi, yana maktabga qaytish qanday mazza”, — deb yozgan u o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

My gap year from school is over, and it feels so great to finally be back in school again! pic.twitter.com/EKDzzOnwaI

— Greta Thunberg (@GretaThunberg) August 24, 2020

Tunberg maktabdan ta’tilga chiqqani haqida 2019-yilning iyun oyida ma’lum bo‘lgandi. Ekofaol iqlimni himoya qilish borasidagi faoliyati sabab o‘qishida tanaffus olishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Greta Tunberg 2018-yilda Shvetsiya parlamenti binosi yonida har juma kuni norozilik namoyishi o‘tkazishni boshlagan va hukumatdan iqlimni asrash bo‘yicha chora-tadbirlar o‘tkazishni talab qilganidan so‘ng mashhur bo‘lgandi.

2019-yilda bu kabi noroziliklar butun dunyo bo‘ylab yoshlar tomonidan o‘tkazilgan, Tunberg esa BMTning Nyu-Yorkda o‘tgan iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan anjumanida nutq so‘zlagan. 2019-yil oxirida Time jurnali shvetsiyalik o‘smir qizni “Yil odami” deb e’tirof etgan.

Mavzuga doir: Ekofaol Greta Tunberg million yevrolik mukofotga loyiq ko‘rildi. U pullarni tabiat himoyachilariga berishga qaror qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют