» » Og‘ir atletika bo‘yicha nufuzli onlayn xalqaro turnir boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi

Og‘ir atletika bo‘yicha nufuzli onlayn xalqaro turnir boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi


Butun dunyoda epidemiologik vaziyat hukmron bo‘lib turgan bir vaqtda O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi ushbu sport turi ixlosmandlari uchun ajoyib g‘oyani taqdim etdi. Joriy yilning 28-30-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yilligi arafasida og‘ir atletika bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kubogi” onlayn xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.

ZOOM platformasi orqali tashkil etiladigan musobaqada dunyoning 32 davlatidan 150 nafarga yaqin eng sara polvonlar g‘oliblik uchun bahs olib borish istagini bildirgan. Ular orasida Olimpiada va jahon chempionlari Zulfiya Chinshanlo (Qozog‘iston), Luis Moskera (Kolumbiya), Li Venven (Xitoy) kabi mashhur sportchilarning borligi ushbu musobaqaga bo‘lgan qiziqish yuqori ekanligini ko‘rsatib turibdi. O‘z navbatida, Adhamjon Ergashev, Akbar Jo‘rayev, Muattar Nabiyeva kabi nomdor atletlarimiz ham onlayn xalqaro turnirda o‘z vazn toifalarida g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.

Ta’kidlash joiz, ZOOM platformasi orqali o‘tkaziladigan bellashuvlar “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi rejalashtirilmoqda. Umid qilamizki, eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz arafasida bo‘layotgan musobaqada og‘ir atletikachilarimiz o‘z g‘alabalari bilan xalqimizni xushnud etadi.

Musobaqa tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi.

Yurtdoshlarimizni og‘ir atletika bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kubogi” onlayn xalqaro turniri bellashuvlarini tomosha qilish hamda vakillarimizni qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют