Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesida bo‘sh qolgan 5 ta deputatlik o‘rni uchun saylov bo‘lib o‘tadi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida bo‘sh qolgan beshta deputatlik o‘rinlari uchun qayta saylov jarayonlari 20-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Markaziy saylov komissiyasi mas’ul xodimiga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.
Unga ko‘ra, deputatlik saylovlari Qoraqalpog‘istonning beshta hududida qayta o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Saylov to‘g‘risida”gi qonunining 68-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Markaziy saylov komissiyasi maxsus qaror qabul qilgan.
Ma’lumot uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida 65 nafar deputat faoliyat olib boradi. Ayni paytda kengashda 5 ta deputatlik o‘rni bo‘sh qolmoqda.
Mavzuga doir: O‘zbekiston senatorlari Musa Yerniyazov va koronavirusdan vafot etgan boshqa barcha o‘zbekistonliklar xotirasi uchun bir daqiqa sukut saqladi
Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazovda 24-iyun kuni koronavirus aniqlangan. U Respublika ixtisoslashtirilgan Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filialiga yotqizilgan. Unga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Qoraqalpog‘iston SSV axborotiga ko‘ra, Musa Yerniyazov bir oy og‘ir ahvolda bo‘lgan. 31-iyul kuni esa Musa Yerniyazov vafot etdi.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
