» » Moskva trolleybuslardan butunlay voz kechdi. Shaharda faqat bitta trolleybus marshruti qoladi

Moskva trolleybuslardan butunlay voz kechdi. Shaharda faqat bitta trolleybus marshruti qoladi


Moskvada barcha muntazam trolleybus marshrutlari 25-avgustdan boshlab elektrobus va avtobuslarga o‘zgartirildi. Bu haqda “Mosgortrans” bosh direktori Leonid Antonovga tayanib “TASS” xabar berdi.

Rossiya poytaxtida trolleybuslar harakatlangan so‘nggi marshrutlar — M4, 28, 59, 60, 64, 72-sonli yo‘nalishlar edi.

“Trolleybuslardan voz kechish qarorini qabul qilish oson bo‘lmadi, biroq biz tushunamiz — bu oldinga qadam. Kelajak elektrda harakatlanuvchi innovatsion transportlarniki”, — deydi Antonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva meriyasi “hurmat yuzasidan” shaharda bitta trolleybus marshrutini — “Komsomol” maydonidan Novoryazan ko‘chasi bo‘yicha harakatlanuvchi yo‘nalishni butunlay qoldirish niyatida. Aynan ushbu yo‘nalish bekorga tanlanmagan — Novoryazan ko‘chasida 1937-yilning iyunida ikkinchi trolleybus parki ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2010-yil yanvar oyida Jizzax hamda Namangan viloyatlarida, 2010-yil 1-mayda esa Toshkent shahrida trolleybuslar qatnovi to‘xtatilgan. Trolleybuslar ekologik jihatdan zararsiz bo‘lsa-da, tekis va ravon yo‘l, mustahkam tortilgan elektr simlarni talab etadi. Shu bois, iqtisodiy jihatdan serxarajat bu transport vositasidan poytaxtda voz kechilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют