» » O‘zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarni import qilish hajmi ma’lum qilindi

O‘zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarni import qilish hajmi ma’lum qilindi


Davlat statistika qo‘mitasi yanvar—iyul oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi haqida ma’lumot berdi.

Qo‘mitaning import qilingan mashinalar va transport asbob-uskunalari to‘g‘risidagi ma’lumotlariga ko‘ra, aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalarga 1 milliard dollar sarflangan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uchun 539,6 million dollar to‘langan.

Shu bilan birga, avtomobillar, asosan, yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtoulovlar (10 va undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan tashqari) 312,3 million dollarga tushgan. Sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar va ularning detallariga 909,6 million dollar sarflangan.

Elektr aloqasi, ovoz yozish va eshittirish apparaturalari va uskunalariga 303,6 million dollar sarflangan bo‘lsa, elektr mashinalari, apparatlar, asboblar va ularning ehtiyot qismlari 365,1 million dollarga tushgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют