» » Isroildagi qazilma ishlari vaqtida Abbosiylar davriga tegishli oltin tangalar topildi (video)

Isroildagi qazilma ishlari vaqtida Abbosiylar davriga tegishli oltin tangalar topildi (video)


Ikki nafar yahudiy bola Isroil markazida 425 dona oltin tangadan iborat qadimiy xazinani topib oldi. Umumiy og‘irligi 845 gramm bo‘lgan xazina sof oltindan iborat, deb xabar beradi CNN.

Xazinaga duch kelgan o‘smirlar dastlab juda yupqa barglarni topib oldik deb o‘ylagan.

Tangalar sopol idish ichida bo‘lgan. Tangalarning barchasi 24 qirotli sof oltindan yasalgan.

Oltin tangalar eramizning IX asriga — mintaqa Abbosiylar hukmronligi ostida bo‘lgan davrga tegishli. Abbosiylar bir necha asr davomida hozirgi zamonaviy Jazoirdan Afg‘onistongacha bo‘lgan hududni nazorat qilgan. Arxeologlarning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi mablag‘ga o‘sha vaqtda hashamatli uy sotib olish mumkin bo‘lgan. Shuningdek, ularning qo‘shimcha qilishicha, tangalarning barchasi ideal holatda saqlangan.

“Ushbu xazinani ko‘mib qo‘ygan inson uni qayta topishni o‘ylagan va hatto idish qimirlamasligi uchun uni mix bilan qoqib qo‘ygan. Biz uning xazina oldiga nima sababdan qaytib kelmaganini faqat taxmin qila olamiz”, — deydi mutaxassislar.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют