» » Termizda fermerlarning hisob raqamidagi pullarni talon-taroj qilgan sobiq bank xodimi qo‘lga olindi

Termizda fermerlarning hisob raqamidagi pullarni talon-taroj qilgan sobiq bank xodimi qo‘lga olindi


Surxondaryo viloyati Termiz shahrida fermerlarning xabardorligisiz ularning bank hisob raqamida noqonuniy tarzda mablag‘ aylanmasini amalga oshirgan sobiq bank xodimi ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura “Daryo”ga.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Natijada “Ipoteka bank” ATIB Surxondaryo viloyat filialining sobiq bo‘lim boshlig‘i K.I. 2 ta fermer xo‘jaligi va fuqaro S.ga ajratilgan jami 44,5 million so‘m kredit mablag‘larini “F-K” fermer xo‘jaligi hisob raqamiga ularning xabardorligisiz o‘tkazish orqali talon-toroj qilgan.

Shuningdek, mazkur fermer xo‘jaligining hisob-raqamiga boshqa fermer xo‘jaliklaridan o‘tkazilgan 150 million so‘m mablag‘larini noqonuniy aylanmasini amalga oshirib, xo‘jalik yurituvchi subyektlar manfaatlariga zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan K.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “g” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi 1-qismi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют