» » Tor doiradagi shaxslarning manfaati xalq manfaatidan ustun bo‘lishi kerak emas — Tanzila Norboyeva

Tor doiradagi shaxslarning manfaati xalq manfaatidan ustun bo‘lishi kerak emas — Tanzila Norboyeva


Senat raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi raisi Tanzila Norboyevaning moliya vaziri Timur Ishmetov bilan 22-avgust, shanba kuni onlayn muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, muhokamani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Moliya vazirligi mas’ul bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar muhokamasi.

Muloqot davomida Meros jamg‘armasi tomonidan yuritiladigan Iqtisodiy erkinlik indeksining “Davlat xarajatlari” indikatori bo‘yicha O‘zbekistondagi holat, xususan, hozirgi islohotlar davrida ko‘plab xarajatlar davlat yelkasiga — budjetga tushayotganligi, ayniqsa, pandemiya sababli xarajatlar miqdori ham ortganligi qayd etildi.

Bu borada birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha davlat xarajatlari yalpi ichki mahsulotga nisbatan 25 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, davlat tashqi qarzi yil boshiga nisbatan 11 foizga ortib, 17,3 milliard AQSh dollariga yetganligi aytib o‘tildi.

Muloqot jarayonida davlat tashqi qarzlarini jalb qilishning yagona me’yorini belgilash, ushbu yo‘nalishni tartibga soluvchi qonun hujjati loyihasini ishlab chiqish zaruriyati mavjudligi ta’kidlandi.

Shuningdek, soliq to‘lashda ayrim korxonalarga yoki yirik tadbirkorlarga ko‘plab istisnolar, qo‘shimcha qoidalar, imtiyozlar va preferensiyalar berilayotganligi bozor erkinligiga, raqobat muhitiga, soliq tizimining shaffofligiga salbiy ta’sir qilayotganligi tanqid qilindi. Bunday imtiyozlar ko‘zda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ekspertizadan o‘tkazish mexanizmini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Bu borada fikr yuritar ekan, Senat raisi Tanzila Norboyeva qandaydir tor doiradagi shaxslarning manfaati xalq manfaatidan ustun bo‘lishi kerak emasligini alohida ta’kidladi.

Iqtisodiy erkinlik indeksi bo‘yicha mamlakat jami 186 ta mamlakat orasida 114-o‘rinni, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 42 ta mamlakat ichida 26-o‘rinni egallamoqda.

Ayrim indikatorlar bo‘yicha respublika ko‘rsatkichi ancha yuqori. Xususan, “fiskal salomatlik” indikatori bo‘yicha 100 balldan 98,9 ball, “soliq yuki” indikatori bo‘yicha esa 91,6 ballni qo‘lga kiritgani ma’lum qilindi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют