» » Sherzod Shermatov maktablarda darslar davomiyligi 30 daqiqaga qisqartirilishiga qarshiligini bildirdi

Sherzod Shermatov maktablarda darslar davomiyligi 30 daqiqaga qisqartirilishiga qarshiligini bildirdi


Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari Bahodir Almatov 25-avgust, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston maktablarida darslar davomiyligini 30 daqiqa etib belgilash taklif etilganini ma’lum qilgandi. Mazkur matbuot anjumanida xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov darslar 45 daqiqa davom etishi tarafdori ekanini aytdi.

“Dastlabki variantda darslar davomiyligi 30 daqiqa deyildi. Albatta, qaysidir davlatlarda kamaytirilgandir. Kecha bu masalani hukumat darajasiga olib chiqdik, ekspertlar bilan muhokama qildik. Biz 45 daqiqali darsga o‘rganib qolganmiz, uni saqlab qolishimiz kerak. Balki qaysidir fanlarni boshida kamaytirarmiz, lekin darslar davomiyligini 45 daqiqada qoldirishga harakat qilamiz. Biz ‘Bitta o‘quvchi — bitta sinf’ rejimini boshidan oxirigacha qo‘llaymiz. Karantinning yopiq algoritimiga kelsak, ilgari bitta joyda koronavirus aniqlansa, o‘sha joy 14 kun yopilar edi. Endi mutaxassislar tajribaga ega bo‘ldi, virus bir sinfda aniqlansa, o‘sha sinfning o‘zi karantinga olinib, darslar onlayn tarzda o‘tkaziladi. Bu loyiha joylarga muhokama uchun yuborilgan”, — deya ma’lum qildi xalq ta’limi vaziri.

Avvalroq O‘zbekistondagi davlat maktablarida 2020/2021-o‘quv yilida majburiy maktab formasi talab etilmasligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yilini 14-sentabrdan boshlash taklif qilinmoqda. Hozirda Xalq ta’limi vazirligi yangi o‘quv yilini boshlash bo‘yicha 3 ta ssenariy ustida ishlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют