» » Avtomobilning orqa yon oynasiga parda o‘rnatish masalasida IIV boshlagan ma’muriy huquqbuzarlik ishi sud tomonidan tugatildi

Avtomobilning orqa yon oynasiga parda o‘rnatish masalasida IIV boshlagan ma’muriy huquqbuzarlik ishi sud tomonidan tugatildi


Sud Buxoro shahrida Nexia’ning orqa yon oynasiga parda o‘rnatgan haydovchining ushbu harakatida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 126-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud emas deb topdi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar qilgan.

B.Baxranov 2019-yil 18-aprel kuni Buxoro shahri ko‘chalari bo‘ylab Nexia’da harakatlanib borish vaqtida YHXB xodimi tomonidan to‘xtatilgan. Tekshiruv vaqtida avtomashinaning orqa yon eshik oynalariga haydovchi o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsa o‘rnatilgan transport vositasidan foydalanib kelib, yo‘l harakati qoidalarining 3-ilovasi 7.3-bandi talablarini buzganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126-moddasining 1-qismi (ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek, tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Baxranov sudga murojaat qilib, harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari yo‘qligi sababli unga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy huquqbuzarlik ishini tugatishni so‘ragan.

Sudda mutaxassis sifatida so‘ralgan F.Irisov texnik reglamentga muvofiq ko‘zgusimon yoki tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalarning yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 70 foizdan kam bo‘lgan taqdirda ushbu avtomashinalardan foydalanish taqiqlanib, bundan oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno ekanligi, shuningdek, parda o‘rnatilgan oynada yorug‘lik o‘tkazuvchanligi darajasini tekshirish imkoni mavjud emasligi, chunki mazkur tekshiruv faqatgina tusi o‘zgartirilgan oynalarda yorug‘lik o‘tkazuvchanligini tekshirishni nazarda tutishi, parda o‘rnatilishi oynalarning tusini o‘zgartirish (qoraytirish) hisoblanmasligini bayon qilgan.

Baxranov boshqaruvida bo‘lgan mashinaning orqa yon eshik oynalariga parda o‘rnatgan holda harakatlanganligi uchun unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan bo‘lsa-da, yuqoridagi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarda haydovchi o‘rnidan tevarak-atrof ko‘rinishi maydoniga orqa yon eshik oynalari kirmasligi nazarda tutilgan bo‘lib, ushbu oynalarga ko‘rishni cheklovchi qo‘shimcha narsalar o‘rnatish yoki qoplamalar surtish mumkin emasligi amalda bo‘lgan qonun yoki normativ-huquqiy hujjatlar bilan taqiqlanmagan.

“Bundan tashqari, sud, mutaxassis F.Irisovning bergan ko‘rsatmalari va ishning haqiqiy holatidan kelib chiqib B.Baxranovning avtomashina orqa yon eshiklariga parda o‘rnatganlik holatini yo‘l harakati qoidalarining 3-ilovasi 7.4-bandi talablarining buzilishi sifatida malakalab bo‘lmaydi”, — deb hisoblagan.

“Sud, yuqoridagi qonun talablari va ishning haqiqiy holatidan kelib chiqib, B.Baxranovning transport vositasini orqa yon eshik oynalariga parda o‘rnatgan holda foydalanib kelganlikda ifodalangan harakatlarida MJtK 126-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud emas deb topib, unga nisbatan bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarlik ishini tugatishni lozim deb topdi”, — deyiladi xabarda.

2019-yil oktabrda Buxoro shahar ma’muriy sudi avtomobillarning orqa yon oynasiga parda taqish masalasida haydovchi foydasiga qaror chiqargan. Sud qaroridan norozi bo‘lgan Buxoro IIV YHHB viloyat ma’muriy sudida bo‘lib o‘tgan kassatsiya tartibidagi majlisda o‘z vajlarini isbotlab bera olmagan va yutqazgan. Xuddi shu kabi masala yuzasidan o‘tgan yilning sentabr oyida Farg‘onaning Toshloq ma’muriy sudi va oktabr oyida esa Samarqand shahar ma’muriy sudi ham haydovchilarga solingan jarimalarni bekor qilish haqida qarorlar chiqargan.

Shundan so‘ng IIV avtomobil orqa yon oynalariga parda tutuvchi normani qonunchilikka aniq-tiniq kiritishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etgan. Bu holatni, jumladan, Oliy Majlis Qonuchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev shunday baholagan: “Biz haqmiz, degan da’vosi aslida noto‘g‘ri bo‘lib, endi so‘zda sobit turish uchun qaysarlik bilan qonunni o‘zgartirishmoqchi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют