» » Zafarobodda 12 ming dollar evaziga yer ajratib berishni va’da qilgan tuman hokimligi ish yurituvchisi ushlandi

Zafarobodda 12 ming dollar evaziga yer ajratib berishni va’da qilgan tuman hokimligi ish yurituvchisi ushlandi


Jizzax viloyati Zafarobod tumani hokimligida ish yurituvchi bo‘lib ishlaydigan shaxs yer ajratib berish uchun pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 19-avgust kuni Jizzax viloyati IIBga Jizzax viloyati Paxtakor tumani “Paxtakor” mahallasi Gulbahor ko‘chasi 144-uyda yashovchi, S.A. ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida 2020-yilning 17-avgust kuni o‘zini Jizzax viloyati Zafarobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M. deb tanishtirgan shaxs “Bo‘ston” mahallasi hududida 40 sotix bo‘sh yer maydoni borligini, ushbu yerga to‘yxona qurilishi uchun tuman hokimining qarorini chiqartirib berishini aytib, evaziga undan 12 000 AQSh dollari talab qilayotganligini bayon qilib, M. ismli shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Arizaga asosan, shu kuni IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi va Jizzax viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Jizzax viloyati Zafarobod tuman hokimligi ish yurituvchisi lavozimida ishlovchi, M.B. S.A dan talab qilgan 12 000 dollardan 8000 dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlangan. Undan ashyoviy dalil sifatida 8000 AQSh dollari hamda arizachi S.A.ga tegishli bo‘lgan fuqarolik pasporti nusxasi olingan.

Ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Jizzax viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga qonuniy chora ko‘rish uchun topshirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют