» » O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi

O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi


O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, 24-avgust kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda JSST rahbari Tedros Gebreyesus koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va tarqatish bo‘yicha COVAX xalqaro mexanizmiga 172 davlat qo‘shilgani haqida xabar bergan. JSST va uning Yevropa mintaqaviy byurosining faol a’zosi sifatida O‘zbekiston ham tashkilotning koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi. Ayni paytda JSST portfelida koronavirusga qarshi 9 ta vaksina mavjud ekani aytilmoqda.

“Tashkilot barcha vaksina ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qiladi. Ushbu mexanizm barcha a’zo mamlakatlarning litsenziyalangan va tasdiqlangan vaksinalardan teng foydalanishni ta’minlashga qaratilgan”, — deydi Furqat Sanayev.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston JSST Yevropa mintaqaviy byurosiga a’zo bo‘lgan 53 davlatdan biri bo‘lib, tashkilot bilan ko‘p tomonlama hamkorlik qilib keladi. Tashkilotning 69-sessiyasida uning direktorligiga saylangan doktor Xans Klyuge o‘zining ilk rasmiy xorijiy tashrifini 2020-yil 10-fevral kuni O‘zbekistondan boshlagandi.

Shuningdek, 2019-yilning 20-may kuni bo‘lib o‘tgan JSSTning oliy organi Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining JSST Yevropa mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti etib saylangan.

“Ushbu keng ko‘lamli hamkorlik ayni vaqtda koronavirusga qarshi kurash masalasini ham qamrab olgan. Hozirda JSST Yevropa mintaqaviy byurosining vaqillari Oleg Storojenko va Tanya Shmid yurtimizda bo‘lib, koronavirusga chalingan bemorlarni davolash jarayonlarida bevosita ishtirok etmoqda”, — deydi SSVning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari.

Avvalroq O‘zbekiston COVID-19 vaksinasi klinik sinovlarining barcha bosqichi yakunlanmagunicha uni sotib olmasligi ma’lum qilingandi. Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi vaksinani xarid qilish masalasini o‘rganishga bir hafta muddat bergan. Prezident topshirig‘iga binoan vaksinani xarid qilish va mamlakat aholisini emlashni amalga oshirish yo‘llarini o‘rganib chiqish maqsadida yetakchi olimlar va tajribali shifokorlardan iborat ishchi guruh tuzilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют