» » Rasman: Lionel Messi “Barselona”ni tark etishga qaror qilganini ma’lum qildi. Bartomeu favqulodda yig‘ilish chaqirdi

Rasman: Lionel Messi “Barselona”ni tark etishga qaror qilganini ma’lum qildi. Bartomeu favqulodda yig‘ilish chaqirdi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi katalonlar safini tark etishga qaror qildi.

Marca’ning xabar qilishicha, argentinalik futbolchi “Barselona” rahbariyatiga jamoani tark etish qaroriga kelganini faks orqali ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, futbolchi shartnomada ko‘rsatilgan kelishuvni biryoqlama bekor qilish bandidan foydalanmoqchi.

Qayd etilishicha, ushbu band 2020-yilning 10-iyunida o‘z kuchini yo‘qotgan, biroq koronavirus tufayli yuzaga kelgan noodatiy vaziyat sabab o‘yinchi o‘zini bu imkoniyatdan kechroq bo‘lsa-da foydalanish huquqiga ega deb hisoblamoqda.

O‘z navbatida “Barselona” ushbu faksni olganini tasdiqladi va unga javob yo‘llanganini ham ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda Diario Sport. “Barselona”dagilarning qayd etishicha, shartnomani bir tomonlama bekor qilishga Messining haqqi yo‘q.

Ma’lum bo‘lishicha, shartnomaga ko‘ra Messi ketish haqidagi qarorini 30-mayga qadar ma’lum qilishi kerak bo‘lgan, biroq futbolchi bu ishni qilmagan. Shuningdek, “Barselona” Messining ochiqdan-ochiq noroziligiga qaramay vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qilgan. Klub uni shartnomada ko‘rsatilgan 700 millon yevro tovon puli evazigagina qo‘yib yuboradi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, “Barselona” prezidenti Messining qarori yuzasidan favqulodda yig‘ilish chaqirgan. Direktorlar ishtirokidagi majlis “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tadi. Unda rahbariyat mazkur vaziyatdan chiqish va Messini jamoadagi kelajagi masalasini ko‘rib chiqadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют