» » TikTok AQShdagi taqiqlar xavfi sabab Tramp administratsiyasini sudga berdi

TikTok AQShdagi taqiqlar xavfi sabab Tramp administratsiyasini sudga berdi


TikTok videoservisi rahbariyati AQSh prezidenti Donald Trampni sudga berdi. Bunga Trampning AQSh fuqarolariga TikTok’ka egalik qiluvchi Xitoyning ByteDance kompaniyasi bilan bitim imzolashni taqiqlagani sabab bo‘lgan. Da’vo arizasi haqida TikTok o‘zining blogida ma’lum qilgan.

Servis vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Amerika hukumati servisning Xitoy hukumati bilan aloqasi AQSh milliy xavfsizligiga tahdid tug‘dirishi borasidagi versiyasiga biror dalil keltirmagan.

Shuningdek, TikTok’ning ma’lum qilishicha, AQSh hukumati servisning o‘zini ishonchli ekanligini isbotlashga bo‘lgan urinishlarini e’tiborsiz qoldirgan. Xususan, TikTok’dagi amerikalik foydalanuvchilarning ma’lumotlari Xitoydan tashqarida saqlanishi to‘g‘risidagi fakt inobatga olinmagan.

AQSh hukumatiga qarshi alohida da’vo arizasini TikTok’ning Patrik Rayan ismli xodimi kiritgan. Uning ta’kidlashicha, Trampning qarori TikTok’ning AQShda ishlaydigan 1,5 ming xodimini maoshsiz qoldirishi mumkin.

Avvalroq investorlar Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok servisini 50 milliard dollarga baholagani, 1-avgustda Microsoft TikTok servisini sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgani va AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqni mamlakat hududida taqiqlash niyatida ekanligini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 00:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют