» » Yaponiya hukumatining bosh kotibi Putin va Abeni uchrashuviga izoh berdi

Yaponiya hukumatining bosh kotibi Putin va Abeni uchrashuviga izoh berdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan muzokarasi mazmunli va oshkora bo‘lib o‘tgani borasida Yaponiya hukumatining bosh kotibi Yosixide Suga ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

“Ish vaqtidagi kechki ovqat bilan hisoblaganda muzokara 3 soat-u 10 daqiqa davom etdi va mohiyati jihatdan ham, vaqti jihatdan ham mazmunga boy bo‘ldi. Ikki rahbar o‘rtasidagi muzokaralar mazmuni jihatidan oshkora hamda puxta bo‘lib o‘tdi”, — deya ta’kidladi Yosixide Suga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat rahbarlari tinchlik shartnomasini imzolash bo‘yicha o‘tkazilgan muzokarada aniq siljishga erishganliklarini tasdiqlagan.

27-aprel kuni Moskvada Rossiya hamda Yaponiya o‘rtasida mintaqani rivojlantirishdagi hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokara bo‘lib o‘tgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют