» » Toshkentda kanalizatsiya uchun qazilgan 5 metrli chuqurga yiqilgan fuqaro qutqarildi

Toshkentda kanalizatsiya uchun qazilgan 5 metrli chuqurga yiqilgan fuqaro qutqarildi


Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Mirobod tuman FVB qutqaruv guruhlari tomonidan Mirobod tumani Eski Otchopar 2-tor ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida kanalizatsiya maqsadida qazilgan 5 metrli chuqurlikka ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan fuqaroga yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasining axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, chuqurga tushib ketgan fuqaroning chap oyoq boldiri, o‘ng qo‘l tirsagi singan va boshi yorilgan. U chuqurlikdan maxsus zambilda chiqarib olingan va 1-son Respublika klinik shifoxonasiga yuborilgan.

Avval iyul oyida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida to‘rt qavatli uyning to‘rtinchi qavatidagi xona eshigi qulflanib qolishi oqibatida uyda qolib ketgan 4 va 2 yoshli bola Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan sog‘-salomat olib tushilgani, Surxondaryo viloyatida FVB qutqaruv otryadi lift ichida qamalib qolgan qizchani qutqarib qolgani, shuningdek Jarqo‘rg‘on tumanida kanalga tushib ketgan Damas avtomobil olib chiqilgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют