» » “Temir daftar”ga kiritilgan oilalardagi talabalar OTMlardagi 4 million so‘mgacha chegirmani qay tartibda oladi?

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalardagi talabalar OTMlardagi 4 million so‘mgacha chegirmani qay tartibda oladi?


“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarda yashovchi talabalar 4 million so‘mgacha belgilangan chegirmani olish uchun “temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan oila a’zosi ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotni o‘zi tahsil oladigan OTM rahbariyatiga taqdim etishi zarur. Bu haqda AOKA zalida tashkil etilgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev ma’lum qilgan.

“Temir daftar” ro‘yxatida ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotni olish uchun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari (ya’ni o‘zi yashab turgan hududiy bo‘linmasi)ga murojaat qilishlari maqsadga muvofiqligi ta’kidlangan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yilida kunduzgi shaklda o‘qiydigan barcha talabalarning kontrakt puli 10 foizga kamaytiriladi

Shuningdek, Babashev bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori uchun 10 foiz chegirma nega faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalarga berilishini ham izohlab o‘tgan.

“OTMlarda sirtqi va kechki ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar asosiy ish o‘rni va o‘zlarini moddiy ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lganligi sababli ushbu chegirmadan foydalana olmaydi”, — deydi matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 10 foizlik chegirma stipendiyasiz shakldagi to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan hisoblanishi haqida ma’lum qilingan. Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov esa belgilangan kontrakt miqdori o‘qitishning minimal xarajatlarini ham qoplay olmayotganiga qaramasdan (o‘rtacha 68 foizi qoplanmoqda) amaldagi kontrakt miqdori bo‘yicha barcha talabalarga 10 foiz chegirma berilishini ijobiy baholash lozimligini aytgan. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov Oliy ta’lim muassasalarida 2020/2021-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida OTMlarda 2020-yilda kontrakt miqdori o‘zgartirilmasligini, biroq kamayishi mumkinligini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют