» » Zuleyha – Hilal Altinbilek hayotda ham serialdagi partnyoriga ko‘ngil qo‘yganmi?

Zuleyha – Hilal Altinbilek hayotda ham serialdagi partnyoriga ko‘ngil qo‘yganmi?


Bir necha oydan beri “Sevimli” telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Zuleyha” seriali o‘zbek kinoixlosmandlariga manzur bo‘ldi. Quyida serialda Zuleyha rolini ijro etgan aktrisa Hilal Altinbilek haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.

Yoshligi

Turkiyaning taniqli aktrisasi Hilal Altinbilek 1991-yil 21-yanvarda Izmirda tug‘ilgan. Uning san’atga va sahnaga bo‘lgan qiziqishi bolaligidanoq namoyon bo‘lgan.

Hilal teatrdagi faoliyatini maktabda o‘qib yurgan kezlarida boshladi. Aktrisa avval zamonaviy drama guruhida Ali Haydardan ta’lim oldi, keyinchalik 2009–2010-yillarda Mujdat Gezen markaziy san’at kursini tamomladi.

Karyerasi

Hilal o‘zining ijodiy faoliyatini “Qorong‘i suvlar” nomli serialdan boshladi. Ushbu kartina hayot ostonasida tugan yoshlar haqida hikoya qilar edi. Kartinada birgina voqea hamma narsaning o‘zgarib ketishiga sabab bo‘ladi. Unga ko‘ra, Ezgi ismli qahramon qattiq shikastlangan va xotirasi yo‘q holda topiladi. Ammo tez orada u hammasini eslashga muvaffaq bo‘ladi. Ushbu serialda Hilal Irem obrazini ijro etgan.

2013-yil Hilal “Qora gul” serialida O‘zlem rolini ijro etdi. Ushbu serial uch bolasi bilan yolg‘iz qolgan ayol hayotidan hikoya qiladi. Ona o‘zida kuch topib, erini izlash uchun boshqa shaharga ketadi. Tasodifan u bir vaqtlar eri sovg‘a qilgani kabi qora atirgul shaklidagi taqinchoq taqqan ayol bilan uchrashib qoladi. Kartinada sevgi uchburchagi, munosabatlarining rivoji noodatiy tarzda ko‘rsatib beriladi.

Aktrisa 2018-yil “Zuleyha” serialida bosh rolni ijro etdi. Serial voqealari o‘tgan asrning 70-yillarida sodir bo‘ladi. Hilal Altinbilek yosh yigit – Demirga muhabbat qo‘ygan Zuleyha obrazida namoyon bo‘ladi. Ammo yigit sodir etgan jinoyat tufayli juftlik politsiyadan yashirinishga urinadi.

Ular fermadan ish topadi, voqealar davomida fermaning egasi ham Zuleyhani sevib qoladi. Taqdir ularni qanchalik ayirishga urinmasin, ular buning aksi uchun barcha to‘siqlarni yengib o‘tishga harakat qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kartinaning dastlabki voqealariyoq serial reytingini birinchi o‘ringa ko‘tarib yuborgan.

Aktrisaning go‘zalligi va iste’dodi tomoshabinlarni ham, yangi loyihalarga taklif etadigan rejissorlarni ham befarq qoldirmaydi.

Shaxsiy hayoti

Aktrisa suratga tushishdan tashqari bo‘sh vaqtlarida sport bilan mashg‘ul bo‘lishni yaxshi ko‘radi. U tennis bilan shug‘ullanadi.

“Qora gul” seriali suratga olinishi mobaynida aktrisa bilan o‘zidan ikki yosh kichik aktyor Mert Yazijio‘g‘li o‘rtasida ishqiy munosabatlar paydo bo‘ldi. Ammo ularning muhabbati uzoqqa bormadi.

Oxirgi vaqtlarda matbuotda Hilalning gohi Kerem Alishik, gohida Ugur Gunesh bilan bog‘liq munosabatlar haqida shov-shuvlar paydo bo‘ldi. Ammo Hilal o‘z intervyusida munozaraga sabab bo‘lgan ikki erkak ham uning do‘stlari ekanligi hamda ularning munosabati do‘stlikdan boshqasiga o‘tmasligini aytib o‘tdi. Shuningdek, aktrisa 29 yoshni qarshilagan bo‘lsa-da, hali oila qurish borasida bir qarorga kelmagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют