» » Namanganda 6-avgustda bedarak yo‘qolgan qiz oradan 18 kun o‘tib topildi

Namanganda 6-avgustda bedarak yo‘qolgan qiz oradan 18 kun o‘tib topildi


Namangan viloyati Chortoq tumanida 2020-yil 6-avgustda yo‘qolib qolgan 15 yoshli qiz 24-avgust kuni topildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar bergan.

15 yoshli qiz 6-avgust kuni soat 17:30 larda onasiga hamroh bo‘lib tuman hokimligi binosiga borgan. Onasi bino ichiga kirib ketganidan so‘ng u hech bir sababsiz noma’lum tomonga ketib qaytib kelmagan.

Qiz ota-onasining ariza va ko‘rsatmalariga asosan viloyat IIB PPX va JTSB PPXB 4-otryad xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida 24-avgust kuni Namangan shahar 2-kichik tumanida yurgani aniqlangan. U tegishli hujjatlar asosida ota-onasiga topshirildi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, xabarga ko‘ra IIO xodimlari tomonidan qiz va uning ota-onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan, voyaga yetmagan farzandlar harakatiga diqqat-e’tiborni yanada oshirish lozimligi tushuntirilgan.

Avval Toshkent shahri Olmazor tumani, “Shifokor” mahallasida yashagan 1994-yilda tug‘ilgan Iskandarova Mehribonu To‘xtasin qizi 6-avgust soat 8:30 larda uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagani va qidiruvga berilgani haqida xabar qilingan. Keyinchalik 11-avgustda Toshkent shahar IIBB ayolning topilgani,  ahvoli yaxshiligi va xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 60) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют