» » Tailand Pxuket orolini turistlar uchun 1-oktabrdan ochmoqchi

Tailand Pxuket orolini turistlar uchun 1-oktabrdan ochmoqchi


Tailand hukumati 1-oktabrdan boshlab xorijlik sayyohlarning Pxuket oroliga kirishiga ruxsat berishga qaror qildi, biroq turistlarga nisbatan ikki haftalik majburiy karantin tartibi saqlab qolinadi. Bu haqda Travel off Path xabar bergan.

Tailanddagi milliy turizm boshqarmasi rahbari Yutasak Supasorn ham 1-oktabrdan boshlab Pxuket orolining xorijlik turistlar uchun ochilishini bildirgan. Hukumat orolni xorijliklar uchun ochish orqali boshqa provinsiyalarning ham ochilishiga tayyorgarlik ko‘rib olmoqchi va xalqaro turizmni qayta tiklashni rejalashtirgan.

Portalda yozilishicha, qirollik hududiga kirish talabi yetarli darajada qat’iy va bu turistlar oqimining keskin ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaydi. Xorijliklar dastlab Pxuket oroliga kelishi lozim, sababi mamlakatning qolgan hududlariga parvozlar shu yerdagi aeroport orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, sayyohlar Pxuketda kamida 30 kun bo‘lishi, 14 kun davomida mehmonxonada karantinga rioya etishi lozim. Ayrim mehmonxonalarda turistlarning tashqariga chiqishiga ruxsat etiladi va ular sohil bo‘yiga ham borishi mumkin. Turistlar karantinga rioya qilish bilan parallel ravishda 2 ta PZR-testi topshirishi zarur. Mazkur shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda shahar bo‘ylab ekskursiyalar va ko‘ngilochar joylarga borish imkoni tug‘iladi.

Pxuketdan ketishda ham koronavirusga topshirilgan testning manfiy natijasi haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Tailandning boshqa hududlariga borish uchun ikki hafta karantinda bo‘lish va uchinchi marta COVID-19 testini ham topshirish kerak. Agar natija manfiy chiqsa, turist orolni tark etishiga ruxsat beriladi.

Tailand hukumati hali qaysi xorij davlatlarining fuqarolarining Pxuketga kirishiga ruxsat berilishi borasida bir qarorga kelgani yo‘q. Taxminlarga ko‘ra, koronavirusga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishgan qo‘shni davlatlar va qirollik bilan mustahkam ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarga ega mamlakatlarga bu borada ustunlik beriladi.

Tailand mamlakatga kirishi mumkin bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatini ham kengaytirib bormoqda. Ular orasida diplomatlar, BMT vakillari, xizmat safari bilan borganlar, ko‘rgazma yoki sog‘lomlashtirish turiga kelgan xorijliklar bor.

Avval Tailand qirolligining xorijlik turistlar uchun 2021-yilgacha ochilmasligi mumkinligi haqida xabar berilgan. Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Tailandga 40 millionga yaqin turist tashrif buyurgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют