» » O‘zbekistonda eronlik erkak koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi. COVID-19 qurbonlari soni 300 nafarga yetdi

O‘zbekistonda eronlik erkak koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi. COVID-19 qurbonlari soni 300 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 26-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 39 964 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

26-avgust kuni kun davomida 300 kishida koronavirus aniqlangan.

O‘zbekistonda 26-avgust kuni koronavirusga chalingan 419 nafar bemor sog‘aydi.

Shunday qilib, mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalingan 36 402 nafar fuqaro tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 91 foizga yetdi. Bu O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganidan buyon qayd etilgan sog‘ayish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Shu bilan birga, SSV 26-avgust kuni Toshkent shahrida ikki nafar, Samarqand viloyatida ham ikki nafar bemor vafot etgani haqida ma’lum qildi. Vazirlik 25-avgust kuni vafot etgan O‘zbekiston xalq artisti, 73 yoshli Dilbar Ikromovaning o‘limi haqida 26-avgust kuni xabar berdi.

Samarqandda vafot etgan bemorlardan biri Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan erkak, 58 yoshli Eron fuqarosi B.S. bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi hisobiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus oqibatida vafot etgan bemorlar soni 291 kishini tashkil qilmoqda. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etgan bemorlar soni 300 nafarga yetdi.

Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti 53 yoshli Sanjar Jalolov vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, SSV 25-avgust kuni Toshkent shahrida 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi. Shuningdek, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 73 yoshida olamdan o‘tgan O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromovaning vafotiga ham koronavirus sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Shu tariqa, 25-avgustda 8 kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Buncha ko‘p o‘lim ilgari hech ham qayd etilmagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют