» » O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga yangi rektor tayinlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga yangi rektor tayinlandi


Sotsiologiya fanlari doktori Ulug‘bek Azizov O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga rektor etib tayinlandi. Bu haqda universitet matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Yangi rektorni universitet jamoasiga tanishtirish marosimida O‘zbekiston Prezidentining fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov ishtirok etgan.

Ulug‘bek Azizov 2016-yildan hozirga qadar aynan shu universitet huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi direktori-prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelgan. U 2000-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bakalavriat bosqichini tamomlagan. 2009-yilda Yaponiyaning Sukuba universiteti magistraturasida tahsil olgan. 2015-yilda Germaniyaniyaning Erfurt universitetida falsafa doktori (PhD) ishi yoqlagan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida O‘zDJTUning sobiq rektori G‘anisher Rahimov hukumat qarori bilan Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori etib tayinlangan edi.  Shundan so‘ng hozirgi kungacha rektorning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Bahrom Qulmatov vaqtinchalik rektor vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют