» » Mustaqillik bayrami munosabati bilan “O‘zbekkino” 10 dan ortiq filmlarning telepremyerasini taqdim etadi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan “O‘zbekkino” 10 dan ortiq filmlarning telepremyerasini taqdim etadi


O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “O‘zbekkino” Milliy agentligi yurtdoshlarimizga bayram tuhfasi sifatida 10 dan ortiq badiiy, hujjatli va animatsion filmlarning milliy televizion namoyishini taqdim etadi.

Mustaqillik bayrami kunlari “Tengiz”, “Avloniy” badiiy filmlari, “Qo‘qon shamoli” ko‘p qismli filmi, “Xalq yuragi”, “Bastakor”, “Suzuk ota”, “San’atdagi San’at”, “Film chizayotgan musavvir”, “Gumbaz ostidagi mo‘jizalar”, “Orol – dardim mening” hujjatli filmlari, “Avtosarguzashtlar”, “Samarqand noni”, “Zag‘cha”, “Qaldirg‘och bilan mayna”, “Charxpalak-3” va “Charxpalak-4” multfilmlarining milliy telepremyerasi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, 9-may kuni telepremyerasi bo‘lib o‘tgan “Ilhaq” badiiy filmi va iyun oyida premyera qilingan “Sabru sadoqat” seriali ham yana bir bor televideniye orqali namoyish etiladi.

Mansur Abduxoliqovning “Tengiz” badiiy filmi hozirda qoraqalpoq tiliga ham dublyaj qilinmoqda. Tez kunlarda ushbu filmning Qoraqalpog‘istonda ham katta premyerasi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Yana bir film Dilmurod Masaidovning “Qo‘qon shamoli” kinoasari bo‘lib, uning taqdimoti 2019-yilda bo‘lib o‘tgan edi. Endilikda “Qo‘qon shamoli” filmi asosida tomoshabinlar e’tiboriga 5 qismli serial taqdim etiladi. Katta namoyishi kutilayotgan filmlardan yana biri “Xalq yuragi” hujjatli filmi yosh rejissyor Shoxruh Rasulov tomonidan suratga olingan. Hujjatli filmda Toshkentdagi Adiblar xiyoboni va u yerda haykallari o‘rnatilgan shoir va yozuvchilar haqida hikoya qilinadi. 2019-yil premyerasi o‘tkazilgan “Avloniy” filmi ham yuqoridagi ro‘yxatdan o‘rin olgan. Film Tohir Malikning “Qaldirg‘och” asari asosida suratga olingan. Ssenariy taniqli adib Tohir Malik va Muqaddas Usmonovalar qalamiga mansub. Film rejissyori Muzaffar Erkinov.

Bayram tuhfasi sifatida taqdim etilayotgan filmlarning televizion premyeralari 29-avgust – 5-sentyabr kunlari mamlakatimizning davlat va nodavlat telekanallarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati

Veb-site: (http://uzbekkino.uz/)

Facebook: (https://www.facebook.com/uzbekkino.uz/)

Instagram: (https://www.instagram.com/uzbekkino_official/)

Youtube: (https://www.youtube.com/user/UzbekFilmsHD)

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют