» » Sirdaryodagi transformator podstansiyasida kelib chiqqan yong‘in bartaraf etildi

Sirdaryodagi transformator podstansiyasida kelib chiqqan yong‘in bartaraf etildi


Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan transformator podstansiyasida yong‘in kelib chiqdi. Olov tezda bartaraf etildi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 26-avgust kuni soat 09:55 da Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi dispetcherlik xizmatiga Guliston shahar 3-mavze “Obod yurt” MFY O‘zbekiston shohko‘chasida joylashgan transformator podstansiyasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv qismi voqea joyiga soat 09:58 da yetib borib, soat 10:00 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligi ma’lum qilindi. Yong‘in kelib chiqishining birlamchi sababi yomg‘ir yog‘ishi natijasida elektr simlarining qisqa tutashuvi deb taxmin qilinmoqda.

Avvalroq Buxoroda chaqmoq urishi natijasida 800 gektar to‘qayzor yonib ketgani xabar qilingan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют