» » Sardoba va Buxorodagi falokatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun budjetdan qancha mablag‘ ajratilgani ma’lum qilindi

Sardoba va Buxorodagi falokatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun budjetdan qancha mablag‘ ajratilgani ma’lum qilindi


Moliya vaziri Timur Ishmetov Davlat budjetining 2020-yilning 1-yarim yilligidagi ijrosi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida ma’ruza qildi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.

Maruzada ta’kidlanishicha, 2020-yilning 27—28-aprel kunlari kuchli shamol ta’sirida Buxoro viloyatida zarar ko‘rgan aholi va iqtisodiy-infratuzilma obyektlariga 164 milliard so‘m ajratilgan.

Shuningdek, Sardoba suv ombori to‘g‘onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatida jabrlangan aholini qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani tiklash xarajatlariga jami 1,5 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratish belgilangan. Shundan 2020-yilning 1-yarim yilligida 500 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Avvalroq Sardobadagi suv toshqinidan zarar ko‘rgan uylarni ta’mirlashga salkam 30 milliard so‘m sarflangani ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют