» » O‘zbekistonning tashqi va ichki qarzlari miqdori ma’lum qilindi

O‘zbekistonning tashqi va ichki qarzlari miqdori ma’lum qilindi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yalpi majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov davlat budjetining 2020-yil 6 oylik ijrosi yuzasidan hisobot berdi. Unda O‘zbekistonning tashqi va ichki qarzlari haqida ham ma’lumot berildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Hisobotda keltirilishicha, 2020-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz mablag‘lari qoldig‘i 19,6 milliard dollar ekvivalentini tashkil etgan. Xususan, davlat tashqi qarzi 17,3 milliard dollarga yetgan. Davlat ichki qarzi esa 2020-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 0,3 milliard dollarga oshib, 2,3 milliard dollarni tashkil etgan.

Davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash hamda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasini moliyalashtirish uchun 2020-yilning o‘tgan 6 oyida 1 million dollardan ortiq mablag‘lar jalb qilindi. Jahon banki tomonidan Islohotlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi (2-transh) yuzasidan qo‘shimcha moliyalashtirish sifatida 200 million dollar miqdoridagi imtiyozli kredit 30 yil muddatga ajratildi.

Mazkur kreditning foiz to‘lovlari yilda ikki marta (15-iyun va 15-dekabr) amalga oshirilib, 2020-yilda 2,1 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda. Asosiy qarz to‘lovlari imtiyozli davr tugagandan keyin 2025-yildan kreditning asosiy qismini so‘ndirish boshlanadi hamda har yili 8 million dollarni tashkil etadi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan respublika iqtisodiyotiga koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida 375 million dollar ekvivalentida kredit mablag‘lari ajratildi. Imtiyozli kreditlar o‘z ichiga 10 yil muddatga (shundan, 5 yil imtiyozli davr) 125 million dollar ekvivalentiga teng foizsiz tezkor kreditlash liniyasi va 5 yil muddatga (shundan 3 yil imtiyozli davr) 250 million dollar ekvivalenti 1,05 foiz o‘zgaruvchan stavkadagi tezkor moliyalashtirish instrumentini oladi. 10 yillik kredit bo‘yicha foiz to‘lovlari amalga oshirilmaydi. Asosiy qarz to‘lovlari yilda ikki marta imtiyozli davr tugagandan keyin, 2025-yildan so‘ndirish boshlanadi hamda yillik 18,4 million SDR yoki 25,6 million dollarni tashkil etadi.

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 500 million dollar miqdoridagi budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli kredit 15 yilga (shundan, 3 yil imtiyozli) o‘zgaruvchan stavkada ajratildi. Bugungi kunda jami o‘rtacha yillik foiz stavkasi -0,9 foizni tashkil etmoqda. Ushbu kreditning foiz to‘lovlari yilda ikki marta (15-aprel va 15-oktabr) amalga oshirilib, 2020-yilda 1,2 million dollarni (2020-yilda to‘lov bir marta bo‘lishi hisobiga) tashkil etishi kutilmoqda. Asosiy qarz to‘lovlari imtiyozli davr tugagandan keyin, 2023-yildan boshlanadi hamda har yili 41,7 million dollarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, davlat tashqi qarzi 2020-yil 1-yanvar holati bo‘yicha 15,6 milliard dollarni tashkil qilgandi. O‘zbekiston hukumati nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i 2020-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 18,2 milliard dollar yoki yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatan 31,3 foizni tashkil etgan.

Avvalroq O‘zbekiston pandemiya vaqtida Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasidan koronavirusga qarshi kurashish uchun 1 milliard dollardan ortiq kredit olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют