» » Xitoylik va germaniyalik mutaxassislar O‘zbekistondagi hududlarda bo‘lib, koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgandi

Xitoylik va germaniyalik mutaxassislar O‘zbekistondagi hududlarda bo‘lib, koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgandi


Xitoyning Beizhong Yilin Pharm Tech (Beijing) kompaniyasi hamda Szyansi an’anaviy xitoy tabobati universitetining 10 nafar shifokor va mutaxassislaridan iborat guruhi Toshkentda tashkil etilgan Saralash va taqsimlash markazlarida bemorlarni davolash ishlarida ishtirok etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining axborot xizmati xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazidagi maxsus shtabda xitoylik mutaxassislar bilan birgalikda O‘zbekistonning barcha hududlaridagi holati og‘ir bemorlarni davolash yuzasidan telemeditsina orqali konsilium o‘tkazilgan. Shuningdek, xitoylik mutaxassislar o‘zbekistonlik shifokorlar bilan koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda qo‘llanilayotgan protokol bo‘yicha ham fikr almashgan hamda o‘z tajribalaridan kelib chiqib, zarur tavsiyalarni bergan.

Germaniyadan tashrif buyurgan 10 nafar tajribali mutaxassislardan iborat tibbiy guruh O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Ayni paytga qadar ular sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov bilan muloqot o‘tkazgan. Uchrashuvda O‘zbekistonda pandemiyaning ta’sirini imkon qadar kamaytirish, kasallik tarqalishining oldini olish va bemorlarni davolashda nemis mutaxassislari va mahalliy shifokorlar o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Bundan tashqari, germaniyalik shifokorlar Toshkentdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi, Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi, shuningdek, Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi ushbu sohaga ixtisoslashgan shifoxonalar, tibbiy markaz va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, koronovirusni aniqlash, nazoratga olish va bemorlarni davolashda mahalliy shifokorlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

Jumladan, mehmonlar Buxoro viloyatida ham bo‘lib, Buxoro shahrida tashkil etilgan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida koronavirusga chalingan og‘ir holatdagi 13 nafar bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan. Davolash jarayonlarida bevosita ishtirok etgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют