» » Yaponiyada noqulay ob-havo tufayli qoldirilgan AQSh bilan hamkorlikdagi mashg‘ulotlar boshlandi

Yaponiyada noqulay ob-havo tufayli qoldirilgan AQSh bilan hamkorlikdagi mashg‘ulotlar boshlandi


Yaponiya havo kuchlari va AQSh harbiy-dengiz kuchlarining noqulay ob-havo tufayli qoldirilgan hamkorlikdagi mashg‘ulotlari 28-aprel, juma kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Yaponiya mudofaa vaziri Tomomi Inada ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

“Rejalashtirilgan mashg‘ulotlar bugun bo‘lib o‘tadi. Ularda Carl Vinson paluba aviatsiyasi ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan”, — deya ta’kidladi vazir. 

Shu haftada Carl Vinson aviatashuvchisi boshchiligidagi AQSh harbiy-dengiz kuchlari jangovar guruhi va Yaponiyaning “Asagara” hamda “Samidare” raketa esminetslari Koreya yarim oroli janubida qo‘shma mashg‘ulotlarni boshladi. 25-aprel kuni Yapon dengizida raketaga qarshi mashqlar ham bo‘lib o‘tgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Опубликовано: admin (28-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют