» » RPL. Eldor Shomurodov gol ura olmagan o‘yinda “Rostov” g‘alaba qozondi, “Zenit” Moskvada mag‘lubiyatga uchradi

RPL. Eldor Shomurodov gol ura olmagan o‘yinda “Rostov” g‘alaba qozondi, “Zenit” Moskvada mag‘lubiyatga uchradi


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar 26-avgust, chorshanba kuni yakunlandi.

“Rostov” o‘z maydonida “Ural”ni qabul qildi. Uchrashuv maydon egalarining to‘liq ustunligida o‘tdi, biroq vaziyatlardan foydalanishda rostovliklar sermahsullik ko‘rsata olmadi. Uchrashuvning 59-daqiqasida yaponiyalik legioner Kento Hashimoto tomonidan urilgan gol “Rostov”ga g‘alaba olib keldi.

Mazkur bahsda Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 71-daqiqada zaxiraga olindi. “Rostov” ochkolarini 9 taga yetkazib olgan holda 6-o‘ringa ko‘tarildi.

Shuningdek, musobaqaning amaldagi chempioni “Zenit” Moskvada “Dinamo”ga qarshi bahs olib bordi. 40-daqiqada Toni Shunich tomonidan urilgan gol mezbonlarga g‘alaba olib keldi. Shu tariqa piterliklar 2020/21-yilgi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

RPL

5-tur bahslari

26-avgust, chorshanba

Gol: 1:0 – 59 Hashimoto.

“Rostov”: Pesyakov, Osipenko, Chernov, Kozlov, Hajikadunich, Glebov, Ionov, Bayramyan (Smirnov, 71), Normann (Hashimoto, 48), Yeremenko (Logashov, 80), Shomurodov (Poloz, 71).

“Ural”: Pomazun, Gerasimov, Rikov, Kulakov, Kalinin (Zolotov, 24), Augustinyak (Yemelyanov, 63), Bavin (Yevseyev, 63), Mishkich, Yegorichev (Shabolin, 84), Bikfalvi, Podberezkin.

Ogohlantirishlar: Kulakov (52), Rikov (90).

Gollar: 0:1 – 28 Kuchayev, 1:1 – 80 Vanderson.

Gol: 1:0 – 40 Shunich.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 01:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют