» » Prezident tomonidan bosh vazir o‘rinbosarlari Sardor Umrzoqov va Jamshid Qo‘chqorovga sanoatdagi ishlar holati bo‘yicha yangi topshiriqlar berildi

Prezident tomonidan bosh vazir o‘rinbosarlari Sardor Umrzoqov va Jamshid Qo‘chqorovga sanoatdagi ishlar holati bo‘yicha yangi topshiriqlar berildi


Prezident “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra, Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasiga (S. Umrzoqov):

Bunda, oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ning umumiy ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish hukumat komissiyasi (S. Umrzoqov) tomonidan O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Hukumat komissiyasi:

O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umrzoqov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda har bir hududda ishlab chiqarishni kengaytirish, raqobatdosh mahsulot chiqarishda ilm-fan, innovatsiya, loyihalashtirish, moliya, injiniring va investitsiya tashkilotlarini o‘z ichiga olgan “sanoat klasterlari”ni tashkil etish dasturini kiritadi.

O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosarlari Sardor Umrzoqov va Jamshid Qo‘chqorov:

Iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari bir oy muddatda hududlarga chiqqan holda, sanoat korxonalarida ishlab chiqarish rejasini kafolatli ta’minlash va investitsiya loyihalarini yakunlash uchun zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir haftada barcha sanoat korxonalari bo‘yicha ishlab chiqarish dasturlarini tasdiqlasin va ijrosini qat’iy nazoratga oladi hamda har chorak yakuni bo‘yicha dasturlar ijrosi natijalari to‘g‘risida hukumat komissiyasiga axborot kiritib boradi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 02:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют