» » Toshkentning Bektemir va Sergeli tumanlarida IIO FMBga yangi boshliqlar tayinlandi

Toshkentning Bektemir va Sergeli tumanlarida IIO FMBga yangi boshliqlar tayinlandi


Toshkentning ikki tumanida Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirsh boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Podpolkovnik Elyor Ergashev Bektemir tumani IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Polkovnik Abduvosit Abdurazzoqov Sergeli tumani IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Ungacha IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 21-avgust kuni Bektemir tumaniga tashrifidan so‘ng barcha sektor rahbarlari — prokuror, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlarini tark etdi. 25-avgust kuni tumanning yangi hokimi etib Jahongir Ibrohimov tayinlandi.

Bundan tashqari, avgust oyining boshida lavozimidan ozod etilgan Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Shomurotov o‘rniga Elbek Shukurov hokim etib tayinlangani, 2018-yil iyul oyidan buyon Yashnobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Hojiakbar Tillashayxov ham o‘z vazifasidan chetlashtirilib, uning o‘rniga Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonqulov tayinlangani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 04:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют