» » Neft narxini keskin tushirib yuborishi mumkin bo‘lgan 5 ta mamlakat

Neft narxini keskin tushirib yuborishi mumkin bo‘lgan 5 ta mamlakat


Dunyo neft zaxiralari kamayishni boshladi, talab va taklif balansi esa yaqinda tanqislikka duch keladi. Bu neft xomashyosi zaxiralari kamayishini tezlashtiradi va narxlar oshishini ta’minlab, bozorni “muvozanat”ga keltiradi. Bu shunchaki dastlabki taxmin. Ammo beshta mamlakat barchasini chippakka chiqarishi va neft bozorining muvozanatga kelishiga to‘sqinlik qilishi mumkin, deb yozadi Insider Pro.

Venesuela iqtisodiyoti erkin qulash jarayonini kechirmoqda, bu 2014-yilda neft narxi tushib ketgach, yuz berdi. Ammo hozir hammasi keskin yomonlashdi, yuz minglab odamlar norozilik namoyishlariga chiqmoqda, bu Maduro hokimiyati tez orada tugashi mumkinligini bildiradi.

2016-yilda Venesuelada neft qazib chiqarish qariyb 10 foizga kamaydi, 2017-yilda pasayish davom etdi. Venesuela jamiyatining to‘liq qulashi dunyoni kuniga ikki million barrel neftdan ayirishi mumkin. Boshqa tomondan, inqiroz natijasida Venesuelaning o‘z talabi ham tushib ketadi, bu esa neft qazib chiqarish kamayganini kompensatsiya qiladi, ammo neft bozorida navbatdagi riskni keltirib chiqaradi.

Yil boshida OPEKning shimoliy afrikalik a’zosi 2016-yildagidan ikki marta ko‘proq — sutkasiga 700 ming barrel neft qazib chiqarishni boshladi. Ammo so‘nggi vaqtlarda mamlakatdagi murakkab vaziyat (shu jumladan, jangarilar bilan kurashlar) tufayli, qazib chiqarish hajmi beqaror bo‘lib turibdi. Ulkan noaniqlik tufayli, Liviyani neft narxini prognoz qilishda hisobga olish qiyin. Narxlarga qo‘shimcha va rejalashtirilmagan, kuniga 500 ming barrel neft qanday ta’sir qilishini tasavvur etish qiyin emas.

Nigeriya ham Liviya kabi neft bozoriga katta xavf soladi. Bu yerda neft ishlab chiqarish 30 yil ichida eng kam ko‘rsatkichga tushib qoldi — kuniga 1,6 million barrel. Ammo Nigeriyada o‘sish salohiyati, infratuzilmaga yetkazilgan zararni hisobga olganda, ancha cheklangan bo‘lib tuyuladi. Shunga qaramay, mamlakatdagi vaziyat juda noaniq bo‘lib qolmoqda.

Boshqa mamlakatlar nizolar tufayli beqarorlik xavfi ostida bo‘lsa, AQSh slanets nefti bozorini cho‘ktirib yuborishi va natijada barcha prognozlarni barbod qilishi mumkin.

Tahlilchilar slanets qazib chiqarish hajmi bu yil bir necha yuz ming barrelni tashkil etishini kutgan edi. Ammo AQShda neft qazib chiqarish allaqachon sutkasiga deyarli 300 ming barrelga ko‘paydi, dekabr oxiriga kelib esa, ushbu raqam yana 400 ming barrelga oshishi mumkin.

O‘sish sur’atlarini prognoz qilish qiyin, biroq AQSh slanets ishlab chiqaruvchilari neft narxiga boshqa ishlab chiqaruvchilardan ko‘ra ta’sirchanroq. Shu tufayli narxlar kelajagi ancha noaniq bo‘lib, to‘liq bozor sharoitlariga bog‘liq.

Nihoyat, global yetkazib berishlar va shu tariqa neft narxlari uchun eng katta qisqa muddatli katalizator OPEKning qazib chiqarishni kamaytirish haqidagi bitimni uzaytirish yoki uzaytirmaslik haqidagi qarori hisoblanadi. Sutkasiga kamida 1,8 million barrel taqdiri shunga bog‘liq. Hozircha esa OPEK bitimni uzaytirmoqchiga o‘xshaydi.

Ammo bitta “lekin” bor, u ham bo‘lsa Rossiya. Shu paytgacha u ushbu masala bo‘yicha o‘z pozitsiyasini ommaga ma’lum qilishdan bosh tortib keldi.

Yana bir murakkablashtiruvchi omil shundan iboratki, Rossiyada neft qazib chiqarish yoz mavsumida odatda o‘sadi.

Hozircha kam ehtimolli bo‘lsa-da, Rossiya bitimni buzishi mumkin. Bu dunyoda taklif tezkorlik bilan o‘sishi va neft xomashyosi narxi qulashiga olib kelishi mumkin.

Опубликовано: admin (28-04-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют