» » “O‘zbekiston” lokomotiv deposi navbatchisi 23 nafar fuqaroni 18 ming dollardan ziyod pulga “uxlatgani” aniqlandi

“O‘zbekiston” lokomotiv deposi navbatchisi 23 nafar fuqaroni 18 ming dollardan ziyod pulga “uxlatgani” aniqlandi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “O‘zbekiston” lokomotiv deposi navbatchisi Yu.B. Jizzax filialiga haydovchi vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga J.O. ismli shaxsdan 1000 AQSh dollari talab qilib, shunda 300 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Gumondor Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXXning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga tushgan.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Yu.B. jami 23 nafar fuqaroni “O‘zbekiston” lokomotiv deposining turli lavozimlariga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga umumiy miqdori 18 400 AQSh dollariga teng mablag‘ni qo‘lga kiritgani aniqlangan. U 21 nafar fuqaroning jami 13 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarini hanuzgacha qaytarmagan.

Holat yuzasidan Yu.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b”, “v” bandlari (firibgarlik) va 28 (jinoyat ishtirokchilari), 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avval “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasi direktori bir necha kishi bilan 2,8 milliard so‘mni talon-toroj qilgani, Jizzax viloyati Zafarobod tumani hokimligida ish yurituvchi bo‘lib ishlaydigan shaxs yer ajratib berish uchun 12 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtda qo‘lga olingani, Xorazmda tadbirkordan 20 ming dollar pora talab qilgan kadastr bo‘limi boshlig‘i fosh qilingani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют