» » JSST Afrikada poliomiyelit kasalligi butunlay bartaraf etilganini ma’lum qildi

JSST Afrikada poliomiyelit kasalligi butunlay bartaraf etilganini ma’lum qildi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Afrikada poliomiyelit butunlay bartaraf etilganini ma’lum qildi.

JSSTning Afrika vakolatxonasi saytida ma’lum qilinishicha, poliomiyelitga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy sertifikatlash komissiyasi qit’ada kasallikning tabiiy shakli butunlay yo‘q qilinganini tasdiqladi.

Afrikada yovvoyi poliovirusga chalinish bo‘yicha so‘nggi holat 2016-yilda Nigeriyada qayd etilgan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 1996-yildan buyon poliomiyelitni yo‘q qilishga qaratilgan sa’y-harakatlar ikki millionga yaqin bolani umrbod falajlikdan qutqarib, qariyb 180 ming kishining hayotini saqlab qoldi.

“Afrikalik birodar va singillarim uchun muhim kun: bizning qit’amiz poliomiyelitdan xoli deb e’lon qilinadi. Bu ilm-fan va hamjihatlik yordamida viruslarni yo‘q qilish va odamlar hayotini saqlab qolish mumkinligini namoyon etuvchi sog‘liqni saqlash sohasidagi eng katta yutuqlardan biri”, — degan JSST rahbari Tedros Gebreyesus o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

Poliovirusni yo‘q qilish bo‘yicha jahon tashabbusi bilan 1988-yildan buyon u bilan kasallanish soni 99 foizga kamaydi. Ammo Afrika mintaqasida poliovirus bilan kasallanish ehtimolining past darajasi saqlanib qolmoqda.

Ma’lumot uchun, poliomiyelit bu — virus tufayli kelib chiqadigan o‘tkir yuqumli kasallik. U asab tizimiga ta’sir qiladi va bir necha soat ichida umumiy falajlikka olib kelishi mumkin. Kasallik, asosan, 3-8 yoshdagi bolalar o‘rtasida keng tarqalgan, ba’zan katta yoshdagilar orasida ham uchraydi.

Mavzuga doir: Yerdagi eng xatarli to‘qqiz virus



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют