» » Hyundai Palisade egalari ommaviy ravishda salondagi eski paypoq hididan shikoyat qilmoqda

Hyundai Palisade egalari ommaviy ravishda salondagi eski paypoq hididan shikoyat qilmoqda


Bir necha oydan buyon Hyundai Palisade egalari ommaviy ravishda salondagi yoqimsiz hiddan shikoyat qilmoqda — uni chirigan mahsulot va eski paypoq hidining aralashmasi deya ta’riflashmoqda. Kompaniya ushbu muammodan xabardor ekanligi, biroq haligacha uning manbasini aniqlay olmayotganini ma’lum qilgan, deb xabar beradi Motor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hyundai hozirda tekshiruv o‘tkazib, yechim qidirmoqda, shundan so‘ng dilerlarga mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Versiyalardan biriga ko‘ra, yoqimsiz hid o‘rindiqlar qoplamasi sabab yuzaga kelayotgan bo‘lishi mumkin, chunki shikoyatlarning aksariyati Nappa yorqin charmi bilan qoplangan salon egalaridan tushmoqda.

Cars nashrining taxminicha, bu kabi yoqimsiz hid manbasi o‘rindiqlar orqasi yoki undagi bosh qo‘ygichlar. Jurnalistlar tajriba o‘tkazgan: ular o‘rindiq ustidagi bosh qo‘ygichni olib tashlagan, biroq yoqimsiz hid yo‘qolmagan. O‘rindiqlarni soda yordamida yaxshilab tozalash ham yordam bermagan, dezodorantlar esa faqat ma’lum muddatga foyda bermoqda.

Hyundai Palisade katta krossoveri 2018-yilda butunjahon taqdimotini Los-Anjelesda nishonlagan edi. Koreya markasining flagmani yangi platformada qurilgan, V6 benzini, tugmachali transmissiya selektori va qorda harakatlanishga ixtisoslashgan HTRAC to‘liq uzatmasi bilan jihozlangan.

Mavzuga doir: Hyundai modeli Baykalda muz ustida o‘tkazilgan festivalda tezlik rekordini o‘rnatdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют