» » Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 24 milliondan oshdi

Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 24 milliondan oshdi


Butun dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 24 milliondan oshdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib kelayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

AQSh kasallanganlar son bo‘yicha hali ham yetakchilik qilmoqda — mamlakatda 5,8 milliondan ortiq kishida COVID-19 aniqlangan. Keyingi o‘rinlarni Braziliya (3,6 million) va Hindiston (3,2 million) egallagan. To‘rtinchi o‘rinni 970,8 ming kishi bilan Rossiya egallagan. JAR esa 615,7 ming kishi bilan beshinchi o‘rindan joy olgan.

Shuningdek, Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, infeksiyadan 822,1 kishi vafot etgan. COVID-19’dan eng ko‘p o‘lim holatlari AQShda qayd etilgan. U yerda 179, ming kishi virus qurboni bo‘lgan. Braziliyada — 116,6 kishi, Meksikada — 61,4 ming kishi vafot etgan.

Dunyo bo‘yicha koronavirusdan sog‘ayganlar soni esa 15,6 million kishini tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 3-avgust kuni 18 millionga, 7-avgust kuni 19 millionga, 10-avgustda 20 millionga yetgan, 15-avgust kuni esa 21 milliondan, 19-avgust kuni esa 22 milliondan oshgandi. Bundan besh kun avval — 22-avgustda bu ko‘rsatkich 23 millionga yetgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют