» » “Andijon” — “Paxtakor” o‘yini bekor qilindi. Andijonliklar moliyaviy muammolar sabab Toshkentga kela olmadi

“Andijon” — “Paxtakor” o‘yini bekor qilindi. Andijonliklar moliyaviy muammolar sabab Toshkentga kela olmadi


Coca-Cola Superligasi 13-turidan o‘rin olgan “Andijon” — “Paxtakor” o‘yini Andijon klubidagi moliyaviy muammolar sabab bekor qilindi. Bu haqda Professional futbol ligasi xabar berdi.

“Andijon” futbol klubi moliyaviy qiyinchiliklar sabab “Paxtakor” bilan uchrashuvga yetib kela olmasligi bo‘yicha xat yo‘lladi. Shu boisdan 27-avgust kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuvda “Paxtakor” jamoasiga texnik g‘alaba yoziladi” — deyiladi xabarda.

Qayd etish joiz, 26-avgust, chorshanba kuni “Andijon” U-21 jamoasi moliyaviy qiyinchiliklar sabab “Paxtakor” U-21 bilan uchrashuvga yetib kela olmasligi bo‘yicha xat yo‘llagandi. Shundan so‘ng PFL Andijon yoshlariga texnik mag‘lubiyat yozilgandi.

Avvalroq ayrim manbalar tomonidan “Andijon”—“Paxtakor” uchrashuvi o‘tkazilmasligi, boisi andijonlik futbolchilarning uch oydan beri maosh olmayotgani va hatto o‘tgan yildan qolib ketgan qarzlar ham borligi haqida xabarlar tarqatilgan. Shundan so‘ng “Tribuna.uz” nashri “Andijon” futbol klubi tarqalib ketishi mumkinligi haqida xabar qilib, klub xodimlaridan birining quyidagi gaplarini e’lon qildi:

Klub bankrotlik e’lon qilyapti. Bugun o‘rinbosarlar tarkibi, ertaga asosiy jamoa “Paxtakor” bilan o‘ynashi kerak edi. Jamoamiz o‘tgan tur o‘yinidan keyin Toshkentda edi. O‘sha yerda mashinalarni chaqirib, futbolchilarni uylariga tarqatib yubordik. O‘rinbosarlar jamoasi ham o‘tgan tur o‘yiniga zo‘rg‘a borib kelgan edi. Yo‘lda haydovchilar ularni bepul olib ketishdan tashqari ovqat pullarini ham o‘zlari berishgandi. Endi “Paxtakor” bilan o‘ynash uchun jamoaning o‘zi yo‘q. Hozir hamma hayron. Bu yil hisobidan GM tomonidan aytarli pul berilmadi. Bu yil hisobidan 2 milliard so‘mdan ozgina oshiqroq pul berildi, xolos. Biroq 8 oyga buncha pul hech narsa bo‘lmaydi-da!

Ta’kidlash joiz, Musobaqalar o‘tkazish reglamentining 8.7 bandiga muvofiq, U-21 jamoasi yana bir uchrashuvga uzrli sababsiz yetib kela olmasa, klubning asosiy tarkibi ham O‘zPFL Ijroqo‘mi qarori asosida musobaqalardan chetlashtirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Andijon” 12-turdan keyin 6 ochko bilan musobaqa jadvalida 13-o‘rindan joy olgan. Toshkentliklar esa 31 ochko bilan 1-pog‘onada bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют