» » Prezident “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi hujjatlarni imzoladi

Prezident “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi hujjatlarni imzoladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “‘Mard o‘g‘lon’ davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarorni va “‘Mehr-saxovat’ ko‘krak nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari tantanali vaziyatda topshiriladi. Moliya vazirligi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlaydi.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasining jonkuyar vakillari, saxovatli tadbirkorlar, davlat va jamoat tashkilotlarining fidoyi xodimlari hamda boshqa tashabbuskor va faol fuqarolar “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.

Vazirlar Mahkamasi “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa respublika tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati:

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda ikki nafar maktab o‘quvchisi ham “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют