» » Navoiyshunos olim, shoir va yozuvchi Akrom Malik ozodlikka chiqdi

Navoiyshunos olim, shoir va yozuvchi Akrom Malik ozodlikka chiqdi


Navoiyshunos olim, shoir va yozuvchi Akrom Malik 27-avgust kuni ozodlikka chiqdi, deya xabar bermoqda “Akrom Malik qaydlari” Telegram kanali. U O‘zbekiston Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan bir guruh mahkumlar qatorida afv etilgan. Rasmiy doiralardagi manba “Daryo”ga ushbu ma’lumotni tasdiqladi.

Akrom Malik 2016-yilning iyul oyida MXX tomonidan qamoqqa olingan, Jinoyat kodeksining 159-moddasi (konstitutsion tuzumga tajovuz) hamda 244-moddasi (jamoat xavfsizligiga tahdid) bilan ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Uning muxolifatdagi Muhammad Solih bilan hamkorligi va Abdulloh Nusrat taxallusi ostida yozgan siyosiy-tanqidiy maqolalari jinoyat sifatida baholangan.

Akrom Malik qamoqda ham ilmiy va badiiy ijodni davom ettirgan. Uning qalamiga mansub “Jangchi”, “Halqa” qissalari, “Qalbning ichidagi nur” risolasi va bir necha she’rlari ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilikka yetib borgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi 48-manzil-muassasada jazo muddatini o‘tayotgan Akrom Malik mazkur muassasada saqlanayotgan mahkumlar nomidan Prezident Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘llagandi.

Mavzuga doir: Akrom Malikning jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan sud qarorlari o‘rganilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют