» » Andijon klubi Toshkentga kelish uchun pul topdi. PFL esa klubga ogohlantirish berib, Paxtakorga qarshi oyinni otkazishga ruxsat berdi

Andijon klubi Toshkentga kelish uchun pul topdi. PFL esa klubga ogohlantirish berib, Paxtakorga qarshi oyinni otkazishga ruxsat berdi


Coca-Cola Superligasi 13-turidan orin olgan Andijon Paxtakor oyini Andijon klubidagi moliyaviy muammolar sabab bekor qilingani haqida xabar berilgandi.

Professional futbol ligasi xabaridan hech qancha vaqt otmay, Championat.asia nashri klub moliyaviy muammolarga yechim topgani haqida xabar berdi. Nashr oyin oz vaqtida (19:00) bolib otishini takidladi.

PFL bu borada rasmiy bayonot berdi.

Kecha, 26-avgust kuni soat 13:53 da Andijon futbol klubi ozining U-21 jamoasi Paxtakorga qarshi uchrashuvga moliyaviy qiyinchiliklar sabab etib kela olmasligini malum qildi. OzPFL mazkur xatga asosan orinbosarlar uchrashuvini bekor qilib, Andijon U-21 jamoasiga texnik maglubiyat yozdi.

Bugun, 27-avgust kuni soat 10:47 da Andijon futbol klubi ozining asosiy tarkibi ham Paxtakor bilan uchrashuvga yuqoridagi sabab tufayli kela olmasligini malum qildi. Rasmda keltirilgan xat asosida OzPFL uchrashuvni bekor qildi. Bu xabar Paxtakor futbol klubiga, uchrashuv xavfsizligi uchun javobgar bolgan Ichki ishlar organlariga, Lokomotiv stadioni mamuriyatiga, uchrashuv translyatsiyasi uchun javobgar bolgan Sport telekanaliga malumot uchun taqdim etildi.

Andijon klubining birinchi xatidan 1 soat-u 20 daqiqa otib, klub uchrashuvda ishtirok etmoqchi ekani borasida xat yolladi. Har ikki xat vitse-prezident Maruf Abdusalomov tomonidan imzolangan.

OzPFL har qanday holatda ham futbol uchrashuvlarini otkazish uchun harakat qiladi. Shundan kelib chiqib, bekor qilingan barcha tadbirlar qayta tiklanadi va umid qilinadiki, Andijon klubining bu kabi masuliyatsizligi qayta takrorlanmaydi. OzPFL Maruf Abdusalomovdan oz ishiga masuliyat bilan yondoshishni, shuningdek, klub ustavida qayd etilmagan vitse-prezident lavozimi bilan emas, aynan ustavda mavjud lavozim bilan xatlarga imzo chekishni soraydi.

PFL bayonoti

Andijon futbol klubi vits-prezidenti Maruf Abdusalomov (PFL xabariga kora, klub ustavida bunday lavozim mavjud emas) nomidan PFLga 27-avgust kuni 1 soat-u 20 daqiqa oraliq bilan yuborilgan ikkita xatni quyida korishingiz mumkin:

Birinchi xat

Ikkinchi xat

Avvalroq ayrim manbalar tomonidan AndijonPaxtakor uchrashuvi otkazilmasligi, boisi andijonlik futbolchilarning uch oydan beri maosh olmayotgani va hatto otgan yildan qolib ketgan qarzlar ham borligi haqida xabarlartarqatilgan. Shundan song Tribuna.uz nashri Andijon futbol klubi tarqalib ketishi mumkinligi haqida xabar qilib, klub xodimlaridan birining quyidagi gaplarinielon qildi:

Klub bankrotlik elon qilyapti. Bugun orinbosarlar tarkibi, ertaga asosiy jamoa Paxtakor bilan oynashi kerak edi. Jamoamiz otgan tur oyinidan keyin Toshkentda edi. Osha yerda mashinalarni chaqirib, futbolchilarni uylariga tarqatib yubordik. Orinbosarlar jamoasi ham otgan tur oyiniga zorga borib kelgan edi. Yolda haydovchilar ularni bepul olib ketishdan tashqari ovqat pullarini ham ozlari berishgandi. Endi Paxtakor bilan oynash uchun jamoaning ozi yoq. Hozir hamma hayron. Bu yil hisobidan GM tomonidan aytarli pul berilmadi. Bu yil hisobidan 2 milliard somdan ozgina oshiqroq pul berildi, xolos. Biroq 8 oyga buncha pul hech narsa bolmaydi-da!

Takidlash joiz, Musobaqalar otkazish reglamentining 8.7 bandiga muvofiq, U-21 jamoasi yana bir uchrashuvga uzrli sababsiz yetib kela olmasa, klubningasosiy tarkibi ham OzPFL Ijroqomi qaroriasosida musobaqalardan chetlashtirilishi mumkin.

Malumot uchun, AndijonPaxtakor uchrashuvi 27-avgust, payshanba kuni Toshkentdagi Lokomotiv stadionida bolib otadi. Oyin 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Andijon 12-turdan keyin 6 ochko bilan musobaqa jadvalida 13-orindan joy olgan. Toshkentliklar esa 31 ochko bilan 1-pogonada bormoqda.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (27-08-2020, 13:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
:
-
:
20 ... -