» » Foto: Jizzaxda qopqonga tushgan ayiq qutqarildi

Foto: Jizzaxda qopqonga tushgan ayiq qutqarildi


Jizzax viloyatida qopqonga tushgan ayiq qutqarildi, deya xabar berdi Davlat ekologiya qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, 26-avgust kuni Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi Baxmal davlat o‘rmon xo‘jaligi Uzunbuloq bo‘limi Kattasoy aylanmasi hududida noma’lum fuqarolar tomonidan qo‘yilgan qopqonga “Qizil kitob”ga kiritilgan ayiq tushganligi ma’lum bo‘lgan.

Mahalliy aholi tomonidan ushbu holat yuzasidan murojaat kelib tushgach, tegishli idoralar — Davlat ekologiya qo‘mitasining Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi hamda Jizzax viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari manzilga yetib borgan.

Ta’kidlanishicha, hozirda ayiqni qutqarish va davolash muolajalari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют