» » Qo‘shimcha davromad uchun yangi imkoniyat

Qo‘shimcha davromad uchun yangi imkoniyat


Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” xizmatlar ommabopligini yanada oshirish, mijozlar uchun yanada qulaylik yaratish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini bankdagi muddatli va jamg‘armali omonatlarga jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadida jozibador omonat turlarini taklif etmoqda.

Bugungi kunda bank tomonidan milliy va xorijiy valyutada jami 12 turdagi omonatlarga mablag‘lar jalb qilinmoqda. Jumladan, fuqarolarning yanada ko‘proq daromad olishini ko‘zda tutuvchi yangi omonat turlarini joriy etdi.

Milliy valyutadagi muddatli “Yangi davr” omonatiga qo‘yilgan mablag‘ uchun 270-370 kun muddatga — yillik 17 foiz, 371-750 kungacha bo‘lgan muddatga — yillik 18 foiz to‘lov amalga oshirilishi belgilandi.

Milliy valyutadagi jamg‘armali “Keksalik gashti” omonatida esa, 9-30 oylik muddatga — yillik 18 foiz to‘lov qilinadi.

Shu bilan birga, Milliy valyutadagi muddatli “Universal” omonatiga qo‘yilgan mablag‘ uchun 13-36 oy muddatga — yillik 18 foiz to‘lov amalga oshirilishi belgilandi.

Omonatga mablag‘lar naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklda jismoniy shaxslarning ish haqi va unga tenglashtirilgan pul mablag‘lari jumladan, omonatchining bank plastik kartasidagi mablag‘lari hisobidan qabul qilinadi. Hisoblangan foiz to‘lovlar har oyda amalga oshiriladi. Omonatga hisoblangan foiz to‘lovlar uning manbasidan qat’iy nazar omonatchi talabiga ko‘ra, naqd pulda berilishi mumkin.

Bank mijozlarning omonat mablag‘larining qonun talablariga muvofiq sir saqlanishini va omonatchining birinchi talabiga asosan qaytarilishini kafolatlaydi.

Mazkur omonatlarga mablag‘lar qabul qilish 2020-yil 2-sentabrdan boshlanadi.

“Qishloq qurilish bank” — farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun:

Telefonlar: (+99878) 150-72-58, 150-93-39

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: @QQBANK

Facebook: http://fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют