» » Amerikalik baliqchi 15 yil avval qutqargan chayka har kuni uni ko‘rishga keladi

Amerikalik baliqchi 15 yil avval qutqargan chayka har kuni uni ko‘rishga keladi


AQShning Men shtatida yashovchi dengiz qisqichbaqasini ovlovchi kema egasi Jon Makovski 2005-yildan buyon unga hamrohlik qilib kelayotgan Qizilko‘z laqabli chaykaning hayotini saqlab qoldi. Qush doimo uchib kelib kemaga qo‘nadi va baliqchini kuzatadi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Bir kuni Makovski dengizdagi do‘stining panjasi lat yeganini payqab qoladi. U qushni tutib, yovvoyi tabiat markaziga olib boradi. Qizilko‘z u yerda bir necha haftani o‘tkazadi.

Makovski uni ko‘rgani kelar va baliq bilan siylar edi.

Chayka tez orada sog‘aydi. Do‘sti uni ozodlikka qo‘yib yubordi. Jarohatning tuzalishi Qizilko‘zning odatiga ta’sir qilmadi, u hamon dengizga chiqqan do‘stini ko‘rishga kelyapti.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют