» » Ekspress-test yoki IXLA: Antitanachalarni aniqlashda eng samarali test qaysi biri ekanligi aytildi

Ekspress-test yoki IXLA: Antitanachalarni aniqlashda eng samarali test qaysi biri ekanligi aytildi


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibullo Oqilov koronavirusga qarshi antitanachalarni aniqlashda eng informativ test bu IXLA usulidagi test ekanligini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda antitana tahlili o‘tkazilib, aholining qancha qismida koronavirusga immunitet borligi aniqlanadi

Jumladan, mutaxassis fuqarolardan kelgan “Antitanachalarni aniqlash uchun qaysi test turi eng informativ hisoblanadi — laboratoriyada test tahlilimi yoki ekspress-testlar?”, degan savolga quyidagicha javob bergan:

“Aytish kerakki, hech bir test 100 foiz aniqlik bermaydi. Hozirgi vaqtda antitanachalarni aniqlashda 90-95 foiz ko‘rsatkich bilan eng informativ test — immunoxemilyuminessent tahlil IXLA usuli hisoblanadi. Ekspress-testlar ham yuqori aniqlilikka ega, faqat tashish va qo‘llash qoidalariga rioya qilinganda”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oqilov koronavirusga hosil bo‘lgan antitanachalarni aniqlash metodikalari O‘zbekistonga olib kelinayotganini bildirgan. IFA yoki undan ham yangi IXLA tahlillari kasallik o‘tib bo‘lganidan keyin organizmda hosil bo‘lgan antitanachalarning aniqlashini aytgan edi. Shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov koronavirusning yana 6 ta varianti mavjudligi, qayta kasallinish holatlarida odam o‘sha kasallikning o‘zgargan yoki qo‘shimcha xislatlarini o‘zida namoyon qilgan mutatsiyaga uchragan shtammlari bilan kasallanishi mumkinligini bildirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют